Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktyabr va noyabr oylarida o’tkazadi. Ushbu bahslar oldidan MTJ uchun sentyabr oyida Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi. Shu sababli, milliy terma jamoa a’zolari 4-sentyabr kuni Tojikiston vakillari bilan o’rtoqlik o’yini o’tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mazkur yig’in doirasida Vadim Abramov murabbiyligi
Xabaringiz bor, soʼnggi yillarda yurtimizda millionlar oʼyini boʼlgan futbol sport turini ommaviyligini oshirish, mamlakat futbolini sohada rivojlangan davlatlar bilan raqobatlasha oladigan darajaga olib chiqish boʼyicha qator amaliy ishlar tizimli ravishda yoʼlga qoʼyilib, bajarilib kelinmoqda. 2019-yil 4-dekabrda “Oʼzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni Oʼzbekistonda professional futbolni rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlarini belgilab
Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi U16 O’zbekiston terma jamoasining navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’ini davom etmoqda. Bugun o’smirlarimiz “Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Abduqodir Xusanov, Alisher Xayrullayev va Sardor Xojiboyev tomonidan kiritilgan gollar terma jamoamiz vakillariga 4-2 hisobidagi g’alabani taqdim etdi. Nazorat uchrashuvi U16 O’zbekiston 4-2 “Bunyodkor-2” Gollar: Abduqodir Xusanov (3′, 41′), Alisher Xayrullayev (26′), Sardor
Xabaringiz bor, oktyabr oyida mamlakatimiz U19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Ayni kunlarda Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga qizg’in tayyorgarlik ko’rmoqda. Toshkentda tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’ini doirasida yoshlarimiz “Paxtakor-2” jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Biroz avval yakuniga yetgan bahsda U19 O’zbekiston terma jamoasi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Nazorat o’yini U19 O’zbekiston 2-3
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, futbol hakamlari malaka va salohiyatini oshirish, halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan qator tizimli ishlar muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, ushbu mavsum davomida Coca Cola Superliga va Pro-ligada tur o‘yinlari yakunlangach O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan hakamlar uchun maxsus seminar tashkil etilib, yo‘l qo‘yilgan xato va