Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugungi mashgʻulotlar “Zestafoni” jamoasi maydonida boʻlib oʻtdi.
Bugungi mashg’ulotlardan so’ng Dostonbek Tursunov o’zini noqulay his qilgan. Tekshiruv natijasiga ko’ra, futbolchining eski jarohati bezovta qilganligi, shu sababli Gruziyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazib yuborishi ma’lum bo’ldi. Uning o’rniga AGMK klubi futbolchisi Abbos Otaxonov terma jamoaga jalb etildi.
Bugun terma jamoaga ixtiyoriga Jasurbek Yaxshiboyev va Ibrohimhalil Yoʻldoshevlar kelib qoʻshilishdi.