O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusini qo’llab quvvatlagan holda, COVID-19 ga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatayotgan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi vakillariga minnatdorlik izhor etish uchun “Shifokorlarga rahmat!” fleshmob-aksiyasiga qo’shildi. Joriy yilning 21-iyulidan boshlab Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlari bo’ylab amalga oshirilgan “chellenj”ning navbatdagi manzili “Lokomotiv” stadioni bo’ldi. O‘zbekiston – Tojikiston xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan
O’zbekiston U16 terma jamoasi avgust oyidagi yig’inning so’nggi nazorat uchrashuvida “Chig’atoy U18” vakillari bilan kuch sinashdi. Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz mazkur o’yinda 6-2 hisobida raqiblaridan ustun keldi. Nazorat uchrashuvi O’zbekiston U16 6-2 “Chig’atoy U18” Gollar: Akramov Shaxzod 45’, 50’, Qaxarjanov Asad 53’, Turdimurodov Rustam 77’, Todorov Kirill 83’, Abdurazaqov Nodir 85’ O’zbekiston U16: Kenjayev
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq O’zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi e’lon qilindi. Ushbu quvonchli xabardan so’ng, Ravshan Haydarov o’z fikrlarini bildirdi. Avvalambor, vatanimiz Mustaqillik bayrami arafasida Prezidentimiz kamtarona xizmatlarimni e’tirof etib, faxriy unvon bilan taqdirlaganlari uchun yurtboshimizga
Xabaringiz bor, kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odil Ahmedov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi. Ushbu faxriy unvonga sazovor bo’lgan Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o’z taasurotlari bilan o’rtoqlashdi. Davlatimiz rahbari meni ushbu faxriy unvon bilan taqdirlaganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi. Bizning
Ayni kunlarda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. 25 nafar futbolchidan iborat o’smirlar jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bosh murabbiy Olim Shokirov o’smirlar terma jamoasining hozirgi holati, karantin cheklovlarining ta’siri, ayni kunlardagi mashg’ulotlar va U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqida o’z fikrlarini bildirdi. – Bahor oylaridagi dastlabki karantin