Xabaringiz bor, kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga binoan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Odil Ahmedov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlanishi ma’lum qilindi. Ushbu faxriy unvonga sazovor bo’lgan Milliy terma jamoamiz sardori Odil Ahmedov o’z taasurotlari bilan o’rtoqlashdi. Davlatimiz rahbari meni ushbu faxriy unvon bilan taqdirlaganlarini eshitib, boshim osmonga yetdi. Bizning
Ayni kunlarda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. 25 nafar futbolchidan iborat o’smirlar jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazmoqda. Bosh murabbiy Olim Shokirov o’smirlar terma jamoasining hozirgi holati, karantin cheklovlarining ta’siri, ayni kunlardagi mashg’ulotlar va U16 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni haqida o’z fikrlarini bildirdi. – Bahor oylaridagi dastlabki karantin
O’zbekiston milliy terma jamoasi 30-avgustdan 4-sentyabrga qadar Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini olib boradi. Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig’inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi. FIFA sentyabr oyidagi FIFA kunlarini 2022-yil yanvar oyiga ko’chirganligi, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab xorijiy chempionatlarda to’p surayotgan o’zbekistonlik futbolchilar ushbu yig’inga jalb etilmadi. Yig’in doirasida
U19 O’zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga qizg’in hozirlik ko’rmoqda. Tayyorgarlik dasturiga ko’ra Timur Kapadze boschiligidagi terma jamoamiz uchun 1-7 sentyabr kunlari Tojikistonda o’quv-mashg’ulot yig’ini tashkil etiladi. Yoshlarimizning Xo’jand shahrida o’tadigan mazkur yig’ini doirasida tojikistonlik tengdoshlariga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. Murabbiylar Denis Korostichenko, Sergey Chigodayev hamda Timur G’aniyev Timur Kapadzega ko’maklashib boradi. Terma jamoa
Butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Natijada turli mamlakatlarda o’tkazilishi reja qilingan ko’plab xalqaro turnirlar keyingi yilga qoldirilmoqda. Shu o’rinda, Osiyo futbol konfederatsiyasi 2020-yil Bahrayn va O’zbekistonda bo’lib o’tishi rejalashtirilgan U16 hamda U19 Osiyo chempionatlarini boshqa muddatga ko’chirilishini bo’yicha mavjud imkoniyatlar o’rganib chiqilishi haqida a’zo futbol assotsiatsiyalarga rasmiy