Avval xabar berganimizdek U20 O’zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Rustam Aripov murabbiyligi ostidagi terma jamoamizning Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik dasturidan o’rin olgan dastlabki mashg’ulotlar ayni kunlari “Chig’atoy” bazasida bo’lib o’tyapti. Bugun U20 ayollar terma jamoasi AGMK-W vakillariga qarshi o’rtoqlik o’yinida maydonga tushib, 2-1 hisobida g’alaba qozondi. Terma jamoamizning gollariga Albina
Xabaringiz bor futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytda o’tadigan 2021-yilgi Osiyo chempionatiga jiddiy hozirlik ko’rmoqda. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz ayni kunlarda Toshkent shahrida o’quv-mashg’ulot yig’inini olib bormoqda. Murabbiylar shtabi “O’zbekiston” sport majmuasida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarga 18 nafar futzalchini jalb etgan.
Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati futbol bo‘yicha Olimpiya terma jamoasini shakllantirish va ularning shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, MOQ raisi o‘rinbosari Saken Polatov ishtirok etdi. Uchrashuvda Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining futbol bahslariga tayyorgarlik
Dunyo bo’ylab barcha futbolchilar, mutaxassis va muxlislar tomonidan 10-dekabr sanasi Xalqaro futbol kuni sifatida keng nishonlanadi. Ikki ming yillik o’tmishga ega mazkur sport turi tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga ko’ra qadimiy Xitoyda paydo bo’lgan. Uning zamonaviy ko’rinishi esa Angliyada shakllandi va bir qator mamlakatlarda keng ommalasha boshladi. Bora-bora xalqlar, mamlakatlar o’rtasida qit’a va jahon birinchiliklari yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasidan o’rin olgan navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomladi. Yig’in so’nggida o’smirlarimiz “Chig’atoy” bazasida o’rtoqlik o’yini o’tkazdi. Unda Olim Shokirov shogirdlari “Neftgazmontaj” vakillariga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi. O’zbekiston U16 0-0 “Neftgazmontaj” O’zbekiston U16: Jo’rabekov Samandar, To’xtasinov Toxir, Abdurazoqov Mirkomil, Xusanov Abduqodir, Todorov Kirill, Xabibullayev