O’zbekiston U22 terma jamoasi 10-16 noyabr kunlari Toshkentda shahridagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur yig’inga 25 nafar futbolchini jalb etgan. Yig’in doirasida “Bunyodkor” va “AGMK” klublariga qarshi nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan.
BAAdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini tamomlab, O’zbekistonga qaytgan o’smirlar terma jamoasi uchun Toshkentda 2 ta nazorat uchrashuvi tashkil etiladi. Ertaga U16 O’zbekiston terma jamoasi “Qibray” stadionida “Paxtakor U21” vakillari bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi. Mazkur bahs soat 15.00 da start oladi. 16-noyabr kuni Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o’smirlarimiz “Lokomotiv U21” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv “TTYMI” stadionida soat
O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi ertangi o’rtoqlik uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. Igor Sergeyev o’rniga chaqirilgan Temurxo’ja Abduxoliqov bugundan e’tiboran MTJ ixtiyoriga qo’shildi va mashg’ulotlarda ishtirok etdi. Milliy terma jamoamizga jalb etilgan yana bir hamyurtimiz Islom To’xtaxo’jayev bugun tunda Dubay shahriga yetib boradi. Koronavirusga topshirgan test javobi chiqqunga qadar futbolchi mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida
Bugun bo’lib o’tgan OFK Musobaqalarni o’tkazish qo’mitasining navbatdagi majlisida milliy terma jamoa va klublar miqyosidagi 2021-yilgi musobaqalarning yangilangan taqvimini e’lon qilish qo’mita kun tartibidan o’rin olgan edi. Unga ko’ra, JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichining 7-8 tur uchrashuvlari kelasi yilning mart oyida, 9-10 tur uchrashuvlari esa iyun oyida o’tkaziladigan bo’ldi. JCH-2022 yakuniy saralash bosqichi
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi Suriya va Iroqqa qarshi o’rtoqlik o’yinlarini o’tkazish uchun kecha Dubay shahriga yetib bordi. MTJ delegatsiyaning har bir a’zosi Dubay xalqaro aeroportida koronavirusga test topshirdi va test natijalari chiqquniga qadar ular mehmonxonada “o’zini yakkalash” rejimida bo’lib turdi. Tahlil natijalariga ko’ra hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi va jamoa mashg’ulotlariga ruxsat berildi.