Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Superliga “Sho‘rtan” — “Navbahor lochinlari” Superliga 20-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 70-daqiqasida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Muhammadbobur Mo‘ydinovga qizil kartochka ko‘rsatildi. Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, unga 3 ta o‘yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo‘llanildi. “Andijon”
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Farg‘ona viloyatida bo‘lib, futbol borasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari bilan tanishdi. Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov bilan birgalikda futbol infratuzilmasi, barcha yoshdagi jamoalarga yaratilgan sharoitlar, ovqatlanish xonalari, murabbiylar ta‘limi borasidagi ishlar o‘rganildi. Viloyat futbol akademiyasi, futbol maktablari faoliyati va samaradorligi tahlil
“Uzum” milliy raqamli ekotizimi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini hamda butun mamlakat bo‘ylab futbolni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi. “Uzum”ning qo‘llab-quvvatlashi Assotsiatsiyaga sport infratuzilmasini mustahkamlash, yoshlar uchun dasturlarni kengaytirish, shuningdek, milliy terma jamoani 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining taniqli futbolchilari O‘FA va
15–17-sentyabr kunlari O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. 17–24-sentyabr kunlari esa Yaponiyaning Xirosima shahrida xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etish uchun jo’nab ketadi Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamizning yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida FIFA mutaxassisi Varlam Darsadze ishtirokida “Menejment va marketing” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda hududiy futbol akademiyalari hamda Superliga klublari qoshidagi akademiyalar direktorları va sport ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari qatnashdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan seminarning asosiy maqsadi futbol akademiyalarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning kasbiy darajasini oshirish, tajriba almashish hamda samarali aloqalarni