Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining saralash bahslari doirasida Maldivga qarshi uchrashuv oʻtkazdi. Namanganda oʻtkazilgan uchrashuv yakunida Srechko Katanes shogirdlari yirik hisobda gʻalabani rasmiylashtirdilar. Maldiv 0:4 Oʻzbekiston Gollar: Eldor Shomurodov 2ʼ 51ʼ, 80ʼ, Oston Urunov 86ʼ
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi soʻnggi uchrashuvda Eronga qarshi maydonga tushdi. Qarshining “Markaziy” stadionida oʻtkazilgan bahsda vakillarimiz durangga imzo chekdi. Maʼlumot uchun, Timur Kapadze shogirdlari chorak finalda Iroqqa qarshi bahs olib borishadi. Oʻzbekiston 1:1 Eron Gollar: Otabek Joʻraqoʻziyev 22ʼ, Arya Yusufi 62ʼ.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Qatar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va yorqin oʻtgan uchrashuvda jamoamiz raqib darvozasiga 6 ta toʻp kiritib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi. Qatar 0:6 Oʻzbekiston Uchrashuv yakunlandi. Gollar: Jasurbek Jaloliddinov 5ʼ, Hojimat Erkinov 20ʼ, Husayn Norchayev 45+3ʼ, Ulugʻbek Hoshimov 60ʼ, Ayman (a.g) 63ʼ, Ruslanbek Jiyanov 67ʼ.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo kubogi doirasidagi ilk uchrashuvda turkmanistonlik futbolchilarga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli oʻtgan oʻyin yakunida Timur Kapadze shogirdlari irodali gʻalabani qoʻlga kirishdi. Oʻzbekiston 1:0 Turkmaniston
Timur Kapadze shogirdlari bugun Turkmanistonlik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi. Oʻzbekiston — Turkmaniston “Paxtakor” stadioni Eslatib oʻtamiz, musobaqaning ochilish marosimiga bagʻishlangan bayram dasturi soat 20:00 da start oladi. Shuningdek, bugun yana bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtadi: Eron — Qatar 18:00 “Bunyodkor” stadioni Avstraliya — Kuvayt 18:00