OʻFA terma jamoalar boʻlimi boshligʻi Usmon Toshev bilan terma jamoalarimizning keyingi rejalari va oʻzbek futbolining 110 yilligi mavzusiga bagʻishlangan intervyuni YouTube’dagi rasmiy sahifamizda tomosha qiling. https://youtu.be/zDuLUVvSzwQ
Bir necha kundan soʻng butun Respublika boʻylab futbol mahorat maktablarida 2022-2023-oʻquv yili uchun imtihon jarayonlari start oladi. Mazkur jarayonlar oldidan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligida imtihon-sinovlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud kamchiliklar tahliliga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Videoanjuman shaklida oʻtgan yigʻilishda Sportni rivojlantirish vazirligi va OʻFA mutasaddilari, hududiy futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari
Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida yurtimiz futboli va sporti ravnaqiga oʻzining hissasini qoʻshib kelayotgan Ravshan Irmatov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda. “Globe Soccer Awards” talqini boʻyicha dunyoning 2015-yildagi eng yaxshi futbol hakami, Jahon chempionatlari mutlaq rekordchisi, Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi, “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt
OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi mutaxassislar hududlardagi futbol ommaviyligini oshirish, bolalar-oʻsmirlar futbolini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurishdi. Tashrif avvalida Nukus shahrida joylashgan “Turon” stadionining hozirgi holati va sunʼiy maydonining sifati koʻzdan kechirildi. Bundan tashqari, futbol akademiyasi uchun mazkur hududda joylashgan zaxira maydonlari loyihasi oʻrganildi. Akademiya hamda
2004-2005-yillarda tugʻilgan futbolchilardan tashkil topgan Oʻzbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 29-avgust kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ilhom Xanjariyev shogirdlarining Toshkentdagi yigʻinlari 7-sentyabrga qadar davom etadi. Mazkur yigʻin doirasida jamoamiz Belorussiya U-19 ayollar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 2-sentyabr Oʻzbekiston — Belorussiya 5-sentyabr Oʻzbekiston — Belorussiya