O’zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan o’rin olgan navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini 22-30 mart kunlari o’tkazadi. JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichi tayyorgarlik rejasidan o’rin olgan ushbu yig’in uchun murabbiylar shtabi 29 futbolchidan iborat kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Ushbu hafta davomida tarkibga jalb qilingan aksariyat futbolchilar o’z klubida uchrashuvlarda ishtirok etishini inobatga olgan holda, mazkur
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi. O‘zbekiston Futzal Oliy ligasining 13-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “AGMK” uchrashuvida “AGMK” futbolchisi Ilxomjon Xamroyev raqibiga zarba berishga uringanligi va tajovuzkor xatti-harakatlarni amalga oshirganligi uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilandi. O‘zbekiston
Kecha – 14-mart kuni O’zbekiston Superligasining 2-turidan o’rin olgan “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvida yuzaga kelgan holatlar futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab bo’ldi. Bugun O‘FA Hakamlik qo’mitasi tomonidan mazkur bahsni boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o‘yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqildi. Mutaxassislar “So‘g‘diyona” – “Turon” uchrashuvi video-lavhasini qayta ko‘rib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi. Tahlil
Barchamizga ma’lumki, O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo’nalishlari bo’yicha ikki davlat rahbarlari tomonidan bir qator hujjatlar imzolandi. Bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Qirg’iz futbol uyushmasi Hakamlik qo’mitalari raislari Bobur Haydarov va Bahodir Qo’chqorov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda ikki mamlakat futbol tashkilotlari o‘rtasidagi
7-9 mart kunlari nogiron-amputantlar o‘rtasida futbol bo’yicha O‘zbekiston chempionatining 1-tur uchrashuvlari bo’lib o’tdi. Namangan, Andijon, Farg‘ona, Zomin (Jizzax), “Baynalminal” (Toshkent) hamda “Matonat” (Toshkent) jamoalari o’zaro bahs olib bordi. Musobaqa reglamentiga ko’ra jamoalar har bir turda 5 ta o’yin o’tkazishi belgilab qo’yilgan bo’lib, dastlabki bellashuvlarga Namangan viloyati Kosonsoy tumani mezbonlik qildi. Navbatdagi 2-tur uchrashuvlarini may oyida