Bugun Syurix shahrida FIFAning 71-kongressi bo’lib o’tdi. Videoanjuman shaklida o’tkazilgan kongressda O’FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ishtirok etdi. FIFA prezidenti Janni Infantino kongressni kirish nutqi bilan ochib berdi. Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan qiyin vaziyatda ham mahalliy va xalqaro futbol uchrashuvlarini tashkil etishga harakat qilganligi uchun FIFA rahbari barcha a’zo
Avval xabar berganimizdek, 2024-yilgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanma taqdim etadigan U23 Osiyo kubogi bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida 2001-2002 yillarda tug’ilgan futbolchilardan iborat O’zbekiston U21 terma jamoasi tashkil etilgan edi. Bosh murabbiy Timur Kapadze murabbiyligi ostidagi mazkur jamoa a’zolari 25-29 may kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida o’tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Ushbu turnirga tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U21
2021-yilgi yoshlar o’rtasidagi Osiyo o’yinlari hamda 2023-yilgi U17 Osiyo kubogi saralash bosqichi bahslariga puxta tayyorgarlik ko’rish maqsadida O’zbekiston U15 terma jamoasi navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazmoqda. Bosh murabbiy Server Jeparov qo’l ostidagi o’smirlar terma jamoamiz bugun “Chig’atoy” stadionida 2 ta o’rtoqlik o’yinida maydonga tushdi. Dastlab, U15 terma jamoamiz “Odil Junior” vakillari bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo’shma saralash bosqichidagi hal qiluvchi uchrashuvlar bugun Toshkent shahrida yig’ildi. Dastlabki mashg’ulot “Bunyodkor” akademiyasi maydonida tashkil etilib, asosan tiklanish mashqlaridan iborat bo’ldi. Chaqiruv olgan bir qancha futbolchilar hali jamoa ihtiyoriga kelib qo’shilishmagan. Ertadan boshlab mashqlar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘ yonbag‘irlarida o’tkaziladi.
Iyunda o’tkaziladigan JCH-2022 saralashi doirasida markazlashgan turnirga tayyorgarlik davom etmoqda. Klublar miqiyosida bo’lib o’tayotgan uchrashuvlar natijasiga ko’ra murabbiylar shtabi kengaytirilgan ro’yxatga o’zgartirishlar kiritishyapti. Avval chaqiruv olgan Lutfulla To’rayev hamda Murod Xolmuhamedov yig’inda ishtirok etmaydigan bo’lishdi. Hozirda Nasaf klubi safida OFK kubogida muvaffaqiyatli o’ynayotgan Husniddin Aliqulov esa terma jamoaga chaqirildi. U klubi bilan safardan qaytgach yig’inga