Fabio Kannavaro boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bugun navbatdagi mashgʻulotlarini oʻtkazdi.
Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Milliy futbol markazida Saudiya Arabistoni va Yaponiyaga qarshi uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettiryapti. Oʻsmirlarimiz 10-oktyabr kuni soat 15:00da saudiyalik tengdoshlariga qarshi ilk uchrashuvda maydonga tushadi. Oʻyin Qibrayda joylashgan stadionda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bugungi mashgʻulotdan fotogalereya
Milliy futbol markazida Oʻzbekiston terma jamoalarining yigʻinlari davom etmoqda. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi U-18 terma jamoamiz ertalabki mashgʻulotlarini oʻtkazdi.
Milliy jamoamiz bu yil tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa bo‘lib, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu borada Jahon chempionati singari yirik musobaqalar tajribasini olgan murabbiylar nomzodini o‘rganib chiqdi hamda
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 5-oktyabr kuni Milliy futbol markazida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi yoshlarimiz yigʻin doirasida 9, 12-oktyabr kunlari FIFA U-20 Jahon chempionatining yana bir mezboni — Ozarbayjon yoshlar terma jamoasi bilan xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy tomonidan yigʻinga quyidagi futbolchilar jalb etildi: Darvozabonlar: Bogdan Odinayev (“Bunyodkor”), Alishan Abdutolipov (“Olimpik