Bugun 1-fevral kuni Bahraynda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 33-Kongressi bo’lib o’tdi. Kongressda vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroiya Qoʻmitasining yangi tarkibi eʼlon qilindi. OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida saylandi.