Free ebooks Library zlibrary project

Kecha Ravshan Haydarov murabbiyligi ostidagi yoshlar terma jamoamiz “Antalya Cup 2021” xalqaro turniri 2-tur uchrashuvi oldidan rasmiy mashg’ulot o’tkazdi. O’zbekiston U22 terma jamoasi bugun mazkur turnir doirasida Ukrainaga qarshi maydonga tushadi. Bahs O’zbekiston vaqti bilan soat 19.00 da start oladi. “Antalya Cup 2021” xalqaro turniri Antalya, Turkiya 2-tur | 27.03.2021, Ukraina – O’zbekiston

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida O’FA birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov hamda Tojikiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dilshod Jurazoda boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston va Tojikistonda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, futbol hakamlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning o‘zaro tajriba almashishini ta’minlash bo’yicha har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama etildi. Shuningdek, Milliy hamda 

Batafsil

29-mart kuni O’zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iroq vakillariga qarshi maydonga tushadi. Chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish hamda muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ushbu o’yin chiptalari Iticket.uz rasmiy kassalari va onlayn platformasida sotuvga chiqariladi. Chiptalar narxi 20-25 ming so’mni tashkil etadi. CIP sektorlar uchun narx 50 ming 

Batafsil

Yurtimizda o’tadigan ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 29-mart kuni o’quv-mashg’ulot yig’inini boshlaydi. Olmaliq shahrida o’tadigan mazkur yig’inga bosh murabbiy Bahrom Norsafarov 23 nafar futbolchini jalb etdi. Ikki hafta davom etadigan yig’in davomida ushbu terma jamoamiz Hindiston va Belarus vakillariga qarshi maydonga tushadi. 5- va 11-aprel kuni tashkil 

Batafsil

Avval xabar berganimizdek, ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi saralash turnirini O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi OFKga murojaat xati yuborgan edi. Osiyo futbol konfederatsiyasining yakuniy qaroriga muvofiq ushbu yil 13-25 sentyabr kunlari bo’lib o’tadigan Osiyo kubogi saralash bahslari yurtimiz maydonlarida ham o’tkaziladi. Saralash bosqichida jami 30 jamoa vakillari 8 guruhga bo’lingan holda, chempionatning 8 yo’llanmasi 

Batafsil