U-23 Osiyo kubogi munosabati bilan yurtimizga mehmonlarning tashrifi davom etmoqda. Bugun OFK ning navbatdagi delegatsiyasi Qarshi shahriga yetib keldi.
U-23 Osiyo kubogi munosabati bilan jamoalarning yurtimizga tashrifi davom etmoqda. Xususan, Qatar delegatsiyasi ham Oʻzbekistonga yetib keldi.
Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasi Moʻgʻulistonda oʻtgan turnir gʻolibiga aylandi. Bugun Ilhom Xanjariyev boshqaruvidagi jamoamiz soʻngi tur doirasida Singapurga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda zafar qozondi. 🇸🇬 Singapur 0:5 Oʻzbekiston 🇺🇿 Gollar: Leyla Rustullayeva 3ʼ, 13ʼ, Leyla Oraniyozova 14ʼ, Mehribon Egamberdiyeva 20ʼ, Ruhshona Saydabossova 86ʼ.
U-23 Osiyo kubogi munosabati bilan mehmonlarning Oʻzbekistonga tashrifi davom etmoqda. Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasining musobaqalar oʻtkazish boʻlimi rahbari Avaz Berdiqulov boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga yetib keldi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. “QIZILQUM” — “SURXON” Oʻzbekiston Superligasining 10-turidan oʻrin olgan “Qizilqum”— “Surxon” uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Iqboljon Malikjonov bosh hakam tomonidan ogohlantirilgandan soʻng yon hakam shaʼniga haqoratli soʻzlar ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Iqboljon Malikjonovga nisbatan 3 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilish