Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 8-iyul kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Bahodir Ahmedov jamoasi yigʻin doirasida Turkmanistonga qarshi oʻyin oʻtkazadi. 15, 17-iyul Oʻzbekiston 🆚 Turkmaniston Shundan keyin vakillarimiz “CAFA Futsal Cup-2023” musobaqasida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Ushbu yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.
Futzal boʻyicha JCh oldidan FIFA va OʻFA vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanni OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi. — Avvalambor barchangizni Qurbon hayiti bilan hamda Siz jurnalistlarni kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz. Yurtimizda yana bir bayram — xalqimiz va futzalchilarimizni orzusi hisoblangan mundial shukuhi kezib yuribdi. — Oʻzbekiston soʻnggi yillarda bir qator nufuzli
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oldinda turgan rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi. Vakillarimiz sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv oʻtkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qaroriga koʻra, vakillarimiz Amerika Qoʻshma Shtatlarida yigʻin oʻtkazadigan boʻldi. Srechko Katanes shogirdlari yigʻin doirasida 9-sentyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 10-sentyabrga oʻtar kechasi) FIFA reytingida 11-oʻrinni egallab turgan AQSh milliy terma jamoasiga
O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi Osiyo Kubogi yarim finalida Koreya Respublikasiga qarshi o’yin o’tkazdi. Koreya R. 1:0 Oʻzbekiston Gol muallifi: Bak Invu
O’zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo Kubogi chorak finalida Saudiya Arabistonini mag’lub etdi va Jahon chempionati yo’llanmasini qo’lga kiritdi 🏆 U-17 Osiyo Kubogi Saudiya Arabistoni 0:2 Oʻzbekiston Gollar: Ollabergan Karimov 79‘, Dilshod Abdullayev 83‘.