Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasining yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan qaroriga muvofiq, belgilangan muddatlarda futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari hamda mashgʻulot kompensatsiyasi pullarini toʻlab bermaganliklari uchun “Neftchi”, “Qoʻqon-1912”, “Buxoro”, “Surxon”, “Yangiyer quruvchi” va “Zomin boʻrilari” futbol klublariga nisbatan qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni Oʻzbekiston Professional futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq qoʻyilganligi
Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida UEFA Assist loyihasi doirasida futbol mutaxassislari malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan UEFA STEP Senior Team Executive Programme dasturi boʻyicha oʻquv-seminari tashkil etildi. UEFA STEP dasturi futbol assotsiatsiyalari hamda professional futbol ligalarida faoliyat olib borayotgan yetakchilik xislatlariga ega mutaxassislar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturning maqsadi ularga ish faoliyatining barcha yoʻnalishlarida Yevropa futbolining eng oldi tajribasini
Oʻzbekiston U-14 terma jamoasi “CAFA U-14 Championship 2022” turniridagi ishtirokini gʻalaba bilan boshladi. Islom Ismoilov shogirdlari birinchi turda turkmanistonlik tengdoshlariga qarshi maydonga tushib, yirik hisobdagi gʻalabani rasmiylashtirdilar. Oʻzbekiston 8:1 Turkmaniston
Gollar: Muhammad Habibullaev 11ʼ, Moʻminjon Shuhratov 13ʼ, Abdusamad Saidov 18ʼ, Nurbek Sarsenbayev 40ʼ, Muhammadrizo Parpiyev 53ʼ, Jafar Toʻxtaboyev 65ʼ, 77ʼ, Kamoliddin Mamurjonov 68ʼ,
Bugun Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Oʻsmirlarimiz mazkur yigʻin doirasida rossiyalik tengdoshlariga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadilar. Bahslar Toshkentda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan: 16-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya 19-noyabr Oʻzbekiston — Rossiya Bosh murabbiy Jamoliddin Rahmatullayev tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 13-noyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Toshkentda oʻtkaziladigan yigʻin doirasida jamoamiz 16-20 noyabr kunlari Qozogʻiston va Rossiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Bosh murabbiy Srechko Katanes tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxati bilan tanishing.