Bugun, 28-sentyabr kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining guruh bosqichi doirasida mezbon Xitoy ayollar terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gollarga Vang Shanshan (dubl), Mengyu Shen, Kiaoju Chen, Yan Jinjin (dubl) mualliflik qildi. Shu tariqa, ikki o‘yinda 3 ochko jamg‘argan Midori Honda
Bugun, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari futbol bahslarining 1/8 final bosqichi doirasida Indoneziya olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra-taymlarda jamoamiz faollikni oshirdi va Sherzod Esanovning 92 va 120-daqiqadagi gollari evaziga chorak finalga yo‘l oldi. Timur Kapadze boshchiligidagi
Farhod Nishonov boshqaruvidagi Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi noyabr oyida Isroilda boʻlib oʻtadigan xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etadi. Vakillarimiz Isroil, Germaniya va BAA oʻsmirlar termasiga qarshi maydonga tushadilar.
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Quvaytga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs teng kurashlar ostida o‘tdi va yakunda terma jamoamiz 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab uchinchi daqiqadayoq Husniddin Nishonov raqib darvozasini ishg‘ol etdi. 15-daqiqada Abdullatif al-Abbos terma jamoasining dastlabki goliga mualliflik qildi. Ikkinchi taymni faol boshlagan quvaytliklar 24-daqiqada Muhammad al-Ajmining goli evaziga
23-sentyabr kuni O‘zbekiston U-14 qizlar terma jamoasi Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Yig‘in joriy yilning 28-sentyabr kuniga qadar davom etadi va unda terma jamoa bosh murabbiyi Viktoriya Sirota va yordamchi murabbiylar yosh futbolchi qizlarni sinovdan o‘tkazadi.