Faxriylar Oliy ligasining turli soha vakillaridan tuzilgan 40 yosh va undan kattalardan iborat futbol jamoasi joriy yilning 19-23-oktyabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtadigan “Antalya Soccer Cup — 2022” xalqaro turnirida ishtirok etib yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ushbu xalqaro turnirda Oʻzbekiston faxriylar terma jamoasidan tashqari Angliya, Germaniya, Marokash, Belgiya, Kanada va Turkiya kabi jami 24
Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan oʻrin olgan Ispaniya — Meksika bahsida oʻzbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida koʻmaklashadi. Mazkur oʻyin 15-oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.
Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi bugundan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Jamoamizning Toshkentdagi mashgʻulotlari 19-oktyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shundan keyin vakilalarimiz CAFA turnirida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Vladimir Panov tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Joriy yilning avgust oyida davlatimiz rahbari Bekobod shahrida joylashgan “Metallurg” klubi qoshidagi “El Golazo” futbol akademiyasiga tashrif buyurgan edi. Prezidentimiz akademiyada yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirgach, mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish boʻyicha koʻrsatma bergan. Bugun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan futbol mahorati maktablari, hududiy futbol assotsiatsiyalar, futbol klublari, akademiyalar
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda soʻnggi turlar doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar koʻrib chiqildi. Coca-Cola Superligasi “Soʻgʻdiyona” — “Neftchi” Oʻzbekiston Superligasining qoldirilgan 16-tur oʻyini — “Soʻgʻdiyona” va “Neftchi” jamoalari oʻrtasidagi bahsning 13-daqiqasida mezbonlar vakili Daniel Nasriddinov oyogʻining tag qismi bilan raqibining oyoq qismiga kuchli zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, Daniel Nasriddinovga (“Soʻgʻdiyona”) nisbatan