O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida Dubaydagi xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashadi. Musobaqada Jahon chempionati ishtirokchilari — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari ishtirok etadi. Uchrashuvlar “Al-Nassr” klubiga qarashli “Al-Maktum” stadionida bo‘lib o‘tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi.
20-oktyabr kuni O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi Milliy futbol markazida oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Mashg’ulotlar 29-oktyabrga qadar davom etadi. Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamizning yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishing.
20-24-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur kurslarda 24 nafar murabbiylar nazariy va amaliy koʻnikmalarini oshirib borishadi. O‘FA murabbiylar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va yuqori malakali mutaxassislar safini kengaytirishga doimiy e’tibor qaratadi.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasining bugungi mashg‘ulotlaridan fotogalereya Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi 23-oktyabr kuni 2025-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati ishtirokchisi — Kot-D’Ivuar jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da “Al-Hamriya” stadionida start oladi.