Buxoro viloyatida 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining final bosqichiga start berildi
Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 20-noyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Turkiyada davom ettiriladi. Oʻsmirlar terma jamoamiz Antaliyada turkiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 26-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Jamoani ushbu oʻyinlarga isteʼdodli yosh mutaxassis Farhod Nishonov bosh murabbiy sifatida tayyorlab boradi. Shuningdek, tajribali mutaxassis Rauf Inileyev Oʻzbekiston U-18, U-17, U-15 va U-14
2023-yilning mart oyida yurtimiz maydonlarida boʻlib oʻtadigan 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga qurʼa tashlandi. Unga koʻra, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziya, Iroq va Suriyaga qarshi bahs olib boradi. Ravshan Haydarov shogirdlari musobaqaning ochilish oʻyinida suriyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Musobaqadan fotogalereyani tomosha qiling.
O’zbek futbolining 110-yilligiga bag’ishlangan turnir o’z yakuniga yetdi. Do’stona ruhda o’tgan ushbu musobaqada O’zbekiston faxriylar terma jamoasi g’alaba qozondi. 🏆 Final: Farg’ona viloyati FTJ 0:0 O’zbekiston FTJ (penaltilar seriyasi 2:4) 3-o’rin uchun bahs: Tojikiston FTJ 3:0 Qirg’iz Respublikasi FTJ
Tojikistonda oʻtkazilgan “CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” turniri yakuniga yetdi. Soʻnggi turda Eron vakilalari mezbonlarni minimal hisobda magʻlub etdi. Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi esa musobaqani peshqadam sifatida yakunladi.