Birlashgan Arab Amirliklarida yigʻin oʻtkazayotgan Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining navbatdagi raqibi maʼlum. 18-yanvar kuni Timur Kapadze shogirdlari Latviya Oliy ligasining amaldagi vitse-chempioni, UEFA Konferensiyalar ligasi ishtirokchisi boʻlgan “Riga” klubiga qarshi maydonga tushadi. Oʻyin “Jebel-Ali” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da start oladi. 18-yanvar “Riga” – Oʻzbekiston U-23
Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 19-yanvar kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa ushbu yig’inni Hindistonning Goa shahrida o’tkazadi. Oʻsmirlarimiz Hindiston U17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 22 va 24-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. U17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 22-yanvar Hindiston – Oʻzbekiston 24-yanvar Hindiston – Oʻzbekiston
BAA 2:0 Oʻzbekiston Gollar: Ahmad Fazi 1′, Abdulaziz Muhammad 43′.
Bugun Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining ayollar futboli boʻyicha Osiyo mintaqasi 1-bosqich saralash oʻyinlariga qur’a tashlandi Oʻzbekiston saralashning 1-chi bosqichida “A” guruhidan oʻrin oldi O’zbekiston Iordaniya Timor Leste Butan
Yurtimizda boʻlib oʻtadigan U-20 Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi 16-yanvar kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Yoshlarimiz Saudiya Arabistoni U-20 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. U-20 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-yanvar Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 31-yanvar Saudiya