23-yanvar kuni OʻFAda Xitoy futbol assotsiatsiyasi vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ikki mamlakat oʻrtasida futbolni rivojlantirish borasidagi harakatlar yangi bosqichga chiqishiga umid bildirdi. Xitoy koʻp jabhada dunyoda oʻz oʻrniga ega ekanligi, xususan, mamlakat futboli ham katta natijalarga erishayotganini qayd etdi. Oʻz navbatida xitoylik mutaxassislar Oʻzbekiston va Xitoy o’rtasida
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Jiddaga yetib bordi. Qayd etish kerak, bir qator futbolchilari ayni paytda oʻz klublari safida xorijiy yigʻinda ishtirok etayotganligi sababli terma jamoa ixtiyoriga bir necha kundan soʻng kelib qoʻshiladilar. Bundan tashqari, legionerlarimiz Umarali Rahmonaliyev va Abduqodir Husanovlar bu galgi yigʻinda ishtirok etolmasligi maʼlum boʻldi.
Futzal. Bahodir Ahmedov tomonidan navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga jalb etilgan futzalchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 27-yanvar kuni Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshlaydi. Bahodir Ahmedov shogirdlari yigʻinning ikkinchi qismini xorijda davom ettiradi. Vakillarimiz 4-5-fevral kunlari Belarus futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Bahslar Mogilyov va Minsk shaharlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Toshkent shahrida hududlardagi futbol assotsiatsiyalarining media mutaxassislari ishtirokida uch kunlik seminar boshlandi. Dastlab hududiy assotsiatsiyalarning mazkur yoʻnalish boʻyicha faoliyati tahlil qilindi. Darslar davomida ijtimoiy tarmoqlarni sifatli kontent bilan toʻldirish, rasmiy sahifalarni yuritish va matn bilan ishlash yuzasidan tushunchalar berildi. Seminar davomida foto va video materiallar ustida ishlash, dizayn va translyatsiya boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish rejalashtirilgan.