Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda “BMB” klubi yetakchisi Husniddin Nishonov “Eng yaxshi futzalchi” sovrinini qoʻlga kiritdi. Nishonov yakunlangan mavsumda futzal boʻyicha Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, shunindek, “Jizzax Kenteks” safida mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibiga aylandi.
Joriy yil Kuvaytda oʻtkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, “Jizzax Kenteks” bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibi — Bahodir Ahmedov “Eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
“Yosh Yulduz” 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi kumush medali sohibi, shuningdek, Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi yetakchisi Abbosbek Fayzullayev “Yosh Yulduz” sovrinini qoʻlga kiritdi. Fayzullayev joriy mavsum Coca-Cola Superliganing 21 ta oʻyinida maydonga tushdi, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Respublikadagi futbol mahorat maktablari direktorlari uchun bolalar-oʻsmirlar futboli yoʻnalishi boʻyicha tajriba almashish va yangi loyihalarni mamlakatimizda tatbiq qilish maqsadida Turkiyada “master-klass” tadbirlari tashkil qilinyapti. Bugun delegatsiya vakillari Turkiyada yil sayin oʻz oʻrnini mustahkamlab borayotgan, mamlakatning Yevropa qismidagi eng kuchli akademiyaga aylangan Oltinoʻrda bazasida boʻlishdi. Turkiya afsonasi Metin Oktay nomiga qoʻyilgan mazkur
Quyidagi toʻrtta nomzod 2022 yilda O‘zbekistonnning eng yaxshi futbolchisi boʻlishga daʼvogarlik qilmoqda: • Husniddin Aliqulov (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Nasaf”) • Bobur Abduholiqov (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Energetik-BGU”) • Eldor Shomurodov (Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Roma”) • Jamshid Iskanderov (“Navbahor”)