“Navbahor” klubi yetakchisi Jamshid Iskanderov “Yilning eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi va “Olimpik” klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi hamda “BMB” klubi yetakchisi Husniddin Nishonov “Eng yaxshi futzalchi” sovrinini qoʻlga kiritdi. Nishonov yakunlangan mavsumda futzal boʻyicha Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi, shunindek, “Jizzax Kenteks” safida mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibiga aylandi.
Joriy yil Kuvaytda oʻtkazilgan Osiyo kubogining bronza medali sohibi, shunindek, “Jizzax Kenteks” bilan birgalikda mamlakat chempionligi hamda kubogi gʻolibi — Bahodir Ahmedov “Eng yaxshi futzal murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi.