Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyadagi yigʻin doirasida soʻnggi oʻrtoqlik oʻyinida Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari mazkur uchrashuvda durang qayd etdilar. 🇺🇿 Oʻzbekiston 0:0 Tojikiston 🇹🇯
13-fevral Oʻzbekiston 1:0 Chexiya Gol muallifi: Quvonchbek Abrayev 61’. “Arslan Zeki Demirci S.K” maydoni, Antaliya
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi mart oyida poytaxtimizda yigʻin oʻtkazishi rejalashtirilgan. Ushbu yigʻin doirasida Midori Honda shogirdlari Hindiston ayollar terma jamoasiga qarshi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etadi. Uchrashuv 28-mart kuni boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi mart oyida xorijda navbatdagi oʻquv-mashg‘ulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yigʻin doirasida Braziliya futzal terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. Bahslar 4-5-mart kunlari boʻlib oʻtadi. 4-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston 5-mart Braziliya 🆚 Oʻzbekiston
Parij-2024 Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichiga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi 11-fevral kuni Turkiyada oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Midori Honda shogirdlari 15-21-fevral kunlari oʻtkaziladigan “Turkish Womenʼs Cup — Alanya 2023 turniri doirasida Sloveniya, Janubiy Afrika va Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar. Bosh murabbiy tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.