Oʻzbekiston U20 terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishdi. Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrayotgan yoshlar terma jamoamizning bu galgi yigʻini 28-dekabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Ravshan Haydarov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Ayni kunlarda xalqaro futbol kuni munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida futbol festivallari boʻlib oʻtmoqda. Poytaxtimizda joylashgan 102-umumtaʼlim maktabida ham bayram tadbirlari oʻtkazildi. Festival davomida maktab oʻquvchilari Oʻzbekiston milliy va futzal terma jamoalari futbolchilari bilan birgalikda mahorat darslarida ishtirok etishdi. Tadbirning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi.
Oʻzbekiston U17 terma jamoasi 18-dekabr kuni Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa yigʻinning ikkinchi qismini Jidda shahrida davom ettiradi. Oʻsmirlarimiz Saudiya Arabistoni U17 terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Bahslar 26 va 29-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. U17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 29-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston
Oʻzbekiston 2:1 Qirgʻiz Respublikasi Gollar: Mehribon Egamberdiyeva 33′, Dilnura Mamatkulova 35′, Elzada Madjiddinova 72′.