Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishida bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Jumladan, Oʻzbekiston Superligasi, Pro liga va Birinchi liganing bir qancha uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishlagan E.Tursunov oʻzining tanishi fuqaro R.Saxobutdinov orqali xorijiy bukmeykerlik tashkilotlari vakillari bilan oʻzaro til biriktirgan holda oʻyinlarning natijasiga taʼsir oʻtkazish va totalizatorga pul tikish orqali moddiy manfaatdor boʻlib kelgan.
Kun tartibidan OʻFAning 2022-yilgi faoliyati, amalga oshirgan ishlari va moliyaviy hisoboti, keyingi yilgi rejalar hamda yana qator masalalar oʻrin olgan.
Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Toshkentdagi yigʻinlarini yakunlab, Jidda shahriga yetib bordi. Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi jamoa 26 va 29-dekabr kunlari Saudiya Arabistonining oʻsmirlar terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi: U-17 | Xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvlari 26-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston 29-dekabr Saudiya Arabistoni – Oʻzbekiston Bosh murabbiy tomonidan Saudiya Arabistoni yigʻiniga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan
Bugun Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) Bosh kotibi Ulugʻbek Karimov va OʻFA rahbariyati oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda CAFA hamda OʻFA oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga asoslangan keng qamrovli hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston va CAFAga aʼzo davlatlarning qoʻshnichilik va hamkorlik munosabatdalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida taʼkidlandi. Mintaqada futbol rivojlanib borayotgani, bu borada