“Orzu” – FIFA Futzal Jahon chempionatining rasmiy toʻpi FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati-2024 rasmiy toʻpini ommaga tanishtirdi. “Orzu” deya nomlangan ushbu toʻp yurtimizdagi har bir sport ishqibozi, har bir sportchining xalqaro turnirga mezbonlik qilish orzusining timsoli hisoblanadi. Zamonaviy chiziqlar va an’anaviy sharqona naqshlarni oʻzida mujassam etgan, chempionat oʻtkaziladigan yurtimizning madaniy va tarixiy qadriyatlarini aks ettiradigan
Xose Venansio Lopes boshchiligidagi O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi qisqa tanaffusdan so‘ng Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga 15 nafar futzalchi jalb etilgan. Fransiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Ravshan Elibayev o’rniga “Paxtakor” futzal jamoasidan Humoyun Rahmatullayev tarkibga kiritildi. Shuningdek, yana bir futzalchimiz Sunnat Jo’rayevning qachon safga qaytishi yakuniy tibbiy tekshiruvlardan so’ng ma’lum
24-avgust kuni Toshkentda futzal boʻyicha Jahon chempionatiga bagʻishlangan ikkita katta tadbir boʻlib oʻtdi. Shu bilan yurtimiz boʻylab oʻtkazilib kelingan “Trophy Experience” tadbirlari yakuniga yetdi. Mamlakatimizning boshqa shaharlarda tashkil etilgani kabi Toshkentdagi tadbir avvalida bolalar uchun festival boʻlib oʻtdi. Tadbir esa “Central Park” amfiteatrida Jahon kubogi koʻrgazmasi bilan yakuniga yetdi. Bu bilan yurtimiz shaharlari boʻylab oʻtkazilgan
Yurtimiz shaharlari bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Trophy Experience” tadbirining 12-kuni Jizzax shahrida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ushbu tadbir muxlislarda ulkan taassurot qoldirdi. Tadbir davomida Jahon kubogi ommaga taqdim etildi. Ishqibozlar mundial bosh sovrini bilan suratga tushishdi va odatga aylangan viktorina hamda boshqa qiziqarli tanlovlarda ishtirok etib, esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi. 23-avgust kuni tadbir Guliston shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Eslatib
Yurtimiz boʻylab tashkillashtirilayotgan “Trophy Experience” tadbirining navbatdagisi Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi. Tadbir Samarqand shahridagi yangi ochilgan turistik markaz hududida oʻtkazildi. Tashrif buyuruvchilar futzal boʻyicha Jahon kubogi bilan suratga tushish barobarida bir qator qiziqarli dasturlar guvohiga aylanishdi. Dastur davomida boʻlajak musobaqaga bagʻishlangan oʻziga xos fontan yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi. 22-avgust kuni esa Jahon chempionati kubogi Jizzax