O’zbekiston futzal terma jamoasi qisqa tanaffusdan so’ng Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettiradi. Baxodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi futzalchilarimiz 4-18 sentyabr kunlari Olmaliq shahrida o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi. Murabbiylar shtabi ushbu yig’inga 20 nafar futzalchini jalb etgan. Futzal terma jamoamiz noyabr oyida o’tadigan Osiyo chempionati “C” guruhida Bahrayn, Xitoy va Indoneziya vakillari bilan kurash olib boradi. Mazkur
Shu yilning 26-fevral – 8-mart kunlari qo‘shni Turkmanistonda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati final bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Osiyo futbol konfederatsiyasi koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olgan holda futzal bo‘yicha qit’a birinchiligini biroz keyinroq muddatga qoldirdi. Musobaqa sanalari keyinroq ma’lum qilinadi. Qayd etish joiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu kunlarda Turkmanistonda o‘tkaziladigan Osiyo
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 26-yanvardan boshlab yana mashg‘ulotlarga kirishdi. Ayni paytda terma jamoamiz kuniga 2 mahaldan mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugungi mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz 10-18-yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazgan edi. 19-23-yanvar kunlari Ozarbayjonda mashg‘ulotlar olib borildi va Ozarbayjon terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etildi. Dastlabki bahsda o‘zbekistonlik futzalchilar 3:2 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda mezbonlar
Xabaringiz bor, Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha qit’a chempionatiga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Oldinroq terma jamoamizning Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonining yakuniy bosqichiga kirishgani haqida xabar bergan edik. Terma jamoamiz 10-18-yanvar kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazdi. 19-yanvardan Ozarbayjonga yo‘l olgan futzalchilarimiz Bokuda mashg‘ulotlar olib borishdi. Shuningdek, Ozarbayjon terma jamoasi bilan 2