Free ebooks Library zlibrary project

Bugun OFK Futzal va Sohil futboli qo’mitasining tarixiy, birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Onlayn tarzda o’tgan tadbirda futzal bo’yicha Osiyo chempionatining taqvimi tasdiqlandi. Unga ko’ra, mazkur chempionat 23-martdan 3-aprelga qadar Kuvayt mamlakatida bo’lib o’tadigan bo’ldi. Shuningdek, qo’mita majlisida sohil futboli bo’yicha Osiyo chempionatini 28-apreldan 8-mayga qadar Tailandda o’tkazish taklifi ma’qullangan.

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi navbatdagi o’rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. Rabot shahridagi Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida bo’lib o’tgan bahsda vakillarimiz 3-1 hisobida mag’lubiyatga uchradi. 🇲🇦 Marokash 3-1 O’zbekiston 🇺🇿 Gollar: Achraf Mohamed Saoud 3′, 33′, Soufiane El Mesrar 17′ – Davron Choriyev 33′ O’zbekiston: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Sunnat Jo’rayev, Elbek 

Batafsil

Futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga qarshi dastlabki o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazdi. Bugun terma jamoamiz vakillari Rabot shahridagi Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida mezbon jamoa vakillariga qarshi maydonga tushdi. Marokash vakillari darvozamizga 5 bor gol urgan bo’lsa, Davron Choriyevning dubli va Akbar Usmonovning so’nggi daqiqalarda urgan goli hisobni 5-3 ko’rinishiga keltirdi. Futzal bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi 

Batafsil

Futzal bo’yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko’rayotgan O’zbekiston terma jamoasi Marokashdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini boshladi. 14 nafar futzalchidan iborat terma jamoamiz kecha Rabot shahriga yetib bordi va Marokash futbol assotsiatsiyasi sport kompleksida dastlabki mashg’ulotlarni o’tkazdi. Futzalchilarimiz 7-8 noyabr kunlari o’rtoqlik uchrashuvlarida Marokash vakillari bilan bahslashadi.