Bugun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Kongress kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin oldi: 1. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil 26-dekabrda o‘tkazilgan Kongress bayonnomasini tasdiqlash. 2. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil moliyaviy ko‘rsatkichlarini tekshirish bo‘yicha auditorlik hisobotini tasdiqlash. 3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2024-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot. Shundan so’ng tadbirning ikkinchi
Yakunlanib borayotgan 2024-yil oʻzbek futboli va futzali uchun muvaffaqqiyatli boʻldi. Ushbu muvaffaqqiyatga hissa qoʻshgan eng yaxshi futbol va futzal yulduzlari hamda murabbiylar bilan tanishing: “Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi” 1. Ilhom Xanjariyev (Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi hamda “OKMK-Women”) 2. Vladimir Panov (Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi hamda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi [v.b])
Bugundan Farruh Zokirov boshchiligidagi futzal boʻyicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent shahrida 30-noyabrga qadar navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Yurtimiz mezbonligida o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati-2024 chorak final bahslari yakuniga yetdi va barcha yarim finalchilar nomi aniqlandi. Bugun, 1-oktyabr kuni yarim finalga yo‘llanma olgan 3ta terma jamoa rasmiylari ishtirokida matbuot anjumanlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga ko‘ra, dastlab soat 15:05da Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Kosenko hamda terma jamoa sardori Pyotr Shoturma OAV vakillari savollariga
Bugun yurtimizda boʻlib oʻtayotgan Jahon chempionatining uchinchi turiga start berildi. Dastlab, Buxorodagi “Universal” sport majmuasida “B” guruhi vakillari Tailand va Braziliya terma jamoalari oʻzaro bahs olib bordi. Ushbu oʻyinda Braziliya terma jamoasi 9:1 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Braziliya oʻz guruhida uch oʻyinda ham gʻalaba qozonib, 9 ochko jamgʻardi. Navbatdagi oʻyin Toshkent shahridagi “Humo arena”da