Xabaringiz bor, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida Kuvaytda futzal boʻyicha Osiyo kubogi musobaqalari boʻlib oʻtadi. Mazkur qitʼa birinchiligida Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futzalchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdi. Uchrashuvda OʻFA tomonidan
Kuvaytda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 8-21-avgust kunlari navbatdagi oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Kuvaytda davom ettiriladi. Bahodir Ahmedov shogirdlari mazkur yigʻin doirasida kuvaytlik futzalchilarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan. 18-avgust Kuvayt — Oʻzbekiston 20-avgust Kuvayt — Oʻzbekiston
Kuvaytda boʻlib oʻtadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi bugun Toshkentda yigʻin boshlaydi. Mashgʻulotlar 18-iyulga qadar davom etadi. Yigʻin davomida vakillarimiz bir nechta oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Bahodir Ahmedov tomonidan mazkur yigʻinga jalb etilgan futzalchilarning roʻyxati bilan tanishing.
Oʻzbekiston “B” guruhidan joy oldi “B” guruhida joy olgan barcha jamoalar: Oʻzbekiston Bahrain Tojikistan Turkmaniston
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi muddatidan avval Osiyo kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Vakillarimiz saralash bosqichining har ikkala uchrashuvida raqiblarni 5:1 hisobida magʻlub etib, guruhda peshqadamlik qilib kelmoqda. Soʻngi 12 aprel kuni Tojikistonga qarshi boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.