Oʻzbekiston “B” guruhidan joy oldi “B” guruhida joy olgan barcha jamoalar: Oʻzbekiston Bahrain Tojikistan Turkmaniston
Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi muddatidan avval Osiyo kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Vakillarimiz saralash bosqichining har ikkala uchrashuvida raqiblarni 5:1 hisobida magʻlub etib, guruhda peshqadamlik qilib kelmoqda. Soʻngi 12 aprel kuni Tojikistonga qarshi boʻlib oʻtadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 10:00 da start oladi.
21-yanvar kuni Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshlaydi. Yigʻinning ikkinchi qismini vakillarimiz 26-yanvardan 2-fevralgacha Xorvatiyada davom ettirishadi. Xorvatiyadagi yigʻin doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari Fransiya va Chernogoriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 28-yanvar Oʻzbekiston — Fransiya 30-yanvar Oʻzbekiston — Chernogoriya 31-yanvar Oʻzbekiston — Fransiya
Xabaringiz bor, Tojikistonning Dushanbe shahrida “CAFA Womenʼs Futsal Championship-2022” musobaqasi boʻlib oʻtadi. Mazkur turnirda Oʻzbekiston ayollar futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bu borada jamoaga mutaxassis Farruh Zakirov bosh murabbiy sifatida jalb etildi. Farruh Zakirov futzal olamiga 1997-yilda kirib kelgan. Faoliyati davomida “Politexnik”, “Turon soliqchi”, “Stroitel Zarafshon” va “Ardus” kabi jamoalarda toʻp surgan. 2002-2008-yillar oraligʻida
Kuvaytda boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qurʼa tashlandi. Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi “B” guruhidan oʻrin oldi. “A” guruhi Eron Qirgʻiz Respublikasi Turkmaniston Maldiv “B” guruhi Oʻzbekiston Tojikiston Afgʻoniston Nepal Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk uchrashuvini Nepalga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Oʻzbekiston — Nepal Afgʻoniston — Oʻzbekiston