Free ebooks Library zlibrary project

Bugun, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi va yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Kongress kun tartibidan quyidagi masalalar oʻrin oldi: 1. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil 26-dekabrda o‘tkazilgan Kongress bayonnomasini tasdiqlash. 2. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2023-yil moliyaviy ko‘rsatkichlarini tekshirish bo‘yicha auditorlik hisobotini tasdiqlash. 3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2024-yilgi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot. Shundan so’ng tadbirning ikkinchi 

Batafsil

Yakunlanib borayotgan 2024-yil oʻzbek futboli va futzali uchun muvaffaqqiyatli boʻldi. Ushbu muvaffaqqiyatga hissa qoʻshgan eng yaxshi futbol va futzal yulduzlari hamda murabbiylar bilan tanishing: “Ayollar futboli boʻyicha Oʻzbekistonning eng yaxshi murabbiyi” 1. Ilhom Xanjariyev (Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi hamda “OKMK-Women”) 2. Vladimir Panov (Oʻzbekiston U-18 qizlar terma jamoasi hamda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi [v.b]) 

Batafsil

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida o‘tkazilgan UEFA va OFKning 2024–2027-yillarda ayollar futbolini rivojlantirish dasturiga bagʻishlangan uch kunlik seminar yakunlandi. Seminarning so‘nggi kunida yurtimizda ayollar futboliga e’tiborni yanada oshirish va har jihatdan mukammal tizimga aylantirishga doir bir qator muhim masalalar muhokama qilindi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizning FIFA va OFK turnirlaridagi doimiy ishtirok etuvchi jamoalar darajasiga ko‘tarishda klublar ishtirokidagi 

Batafsil

O‘zbekiston U-15 qizlar terma jamoasi 22-noyabrdan Toshkent shahridagi “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi. Jamoamiz yigʻin doirasida 26 va 28 noyabr kunlari Toshkent shahrida Qirg’iziston U-15 qizlar terma jamoasiga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlarini oʻtkazishadi. Viktoriya Sirota boshqaruvidagi jamoamizning yigʻiniga jalb etilgan futbolchilar bilan tanishing.