Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha “CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020” musobaqasi o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston ayollar U-19 terma jamoasi oxirgi uchrashuvini mezbonlarga qarshi o‘tkazib 7:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yakunda futzalchi qizlarimiz 12 ochko jamrg‘ardi va 2-pog‘onani band etdi. CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020 5-tur. 29-yanvar. Dushanbe. Tojikiston U19
Bugun Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati boshlandi. Ilk o‘yinda o‘zbekistonlik futzalchi qizlar Turkmaniston bilan bahs olib borishdi va 4:1 hisobida g‘alabaga erishishdi. CAFA U-19 Girls’ Futsal Championship 2020 1-tur O‘zbekiston – Turkmaniston 4:1 Gollar: Shaxnoza Qurbonova (6), Laylo Shodiyeva (33, 33), Nozimaxon Ergasheva (11) – Mariya Chorieva
Bugun, 18-yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda yig‘inga kirishdi. Rustam Aripov boshchiligidagi terma jamoamiz ilk mashg‘ulotini “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib bordi. Ta’kidlab o‘tamiz, 24-29-yanvar kunlari Tojikistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futzalchi qizlar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz mazkur musobaqada ishtirok etadi. 22-yanvar sanasida terma jamoamiz Dushanbega yo‘l
18-yanvar sanasidan Rustam Aripov boshchiligidagi futzal bo‘yicha O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Oldinroq xabar berganimizdek, 24-29-yanvar kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Afg‘oniston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
24-29-yanvar kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida futzal bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda Afg‘oniston terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi. 1-tur 24-yanvar (juma) O‘zbekiston – Turkmaniston 2-tur 25-yanvar (shanba) O‘zbekiston – Qirg‘iziston 3-tur 26-yanvar (yakshanba) Afg‘oniston –