O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Antalya shahrida tashkil etiladigan “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirida qatnashadi. 15-24 fevral kunlari bo’lib o’tadigan mazkur musobaqada O’zbekiston vakillari Ekvator Gvineyasi, Nigeriya hamda Zambiya ayollar terma jamoalariga qarshi kurash olib boradi. Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi ayollar milliy terma jamoamiz 8-14 fevral kunlari Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’ini o’tkazadi va 15-yanvar
Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi davom etayotgan pandemiya sharoiti va ehtimoliy xatarlarni hisobga olgan holda, bir qator musobaqalarni bekor qilishni lozim topgan edi. Shuningdek, OFK ayollar futboli bo’yicha o’tkaziladigan Osiyo kubogi saralash bahslari sanalarini ham o’zgartirish bo’yicha qaror qabul qildi. Ayollar futboli bo’yicha 2022-yilgi U17 Osiyo chempionati saralash bahslari avvaldan reja qilinganidek ikki bosqichda o’tkaziladi.
O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo’yicha hamkorlikni davom ettiradi. O’FA o’tgan yilgi mavsum yakunida 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O’zbekistonda qabul qilish bo’yicha OFKga so’rovnoma yuborgan edi. Shuningdek, ayollar futboli bo’yicha 2022-yilgi U20 Osiyo kubogini yurtimiz maydonida o’tkazish maqsadida OFKga murojaat xati yo’lladi. Keyingi navbatda, OFK har bir talabgor
Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qiladigan ayollar futbolidagi eng yirik musobaqa JCH-2023 uchun Osiyo qit’asiga 6+2 miqdoridagi kvota ajratildi. OFKga a’zo mamlakatlar uchun 6 ta to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma taqdim etiladi. Biroq Avstraliya musobaqa mezboni bo’lganligi sababli ushbu kvotalar soni bittaga kamayadi. Osiyodan 2 ta jamoa pley-off turnirida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. JCH-2020 kvotalari qit’alar bo’yicha
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O’zbekiston milliy va U20 ayollar terma jamoalari Osiyo kubogi saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rish maqsadida o’quv-mashg’ulot yig’ini olib bormoqda. Poytaxtimizdagi “Chig’atoy” bazasida bo’lib o’tayotgan yig’in doirasida mazkur ikki jamoa a’zolari o’zaro o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Madina Yusupova, Dildora Ergasheva hamda Liana Norbekova tomonidan kiritilgan gollar evaziga millliy terma jamoa vakillari 3:0 hisobida