O’zbekiston ayollar terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining navbatdagi turida Nigeriya vakillariga qarshi maydonga tushdi. 1991-yildan buyon Jahon chempionatining muntazam ishtirokchisi va Afrikaning 11 karra chempioni hisoblangan nigeriyaliklar bilan o’tgan bugungi bahs kutilganidek qiziqarli kechdi. Xalqaro tajribaga ega Afrika jamoasiga qarshi futbolchilarimiz maydonning har bir chizig’ida kurash olib bordi va munosib o’yin namoyish
Kecha O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining ochilish uchrashuvida maydonga tushdi. Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan mazkur bahsda vakillarimiz Afrika qit’asining ikki karra chempionlari Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib bordi. O’yinni to’liq ustunlik bilan o’tkazgan ayollar terma jamoamiz yakunda 5-0 hisobi bilan g’alabaga erishdi. Gollarga Nilufar Qudratova, Maftuna
Bahrom Norsafarov murabbiyligi ostidagi O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Chig’atoy” bazasida tashkil etilgan o’quv-mashg’ulot yig’inini yakunladi. Ayollar o’rtasidagi Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan terma jamoamiz bugun tunda Antalya shahriga yo’l oladi. Delegatsiya Toshkent-Istanbul-Antalya havo reysi orqali mahalliy vaqt bilan soat 11:30 da Antalya xalqaro aeroportiga yetib boradi. O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning