Hindistonda davom etayotgan ayollar oʻrtasidagi U-17 Jahon chempionatida Edita Mirabidova navbatdagi o‘yinga tayinlov oldi. Edita Mirabidova musobaqaning chorak finalida AQSh – Nigeriya o‘yinida to‘rtinchi hakam sifatida ishlaydigan bo‘ldi. Mazkur oʻyin 21-oktabr kuni soat 16:00 da start oladi.
“CAFA U-15 Womenʼs Championship 2022” musobaqasining birinchi tur oʻyinlari oldidan jamoalar rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda musobaqa tashkilotchilari tomonidan ishtirokchilarga turnirga oid ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish va koʻrsatmalar berib oʻtildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini ertaga Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi “CAFA U-15 Women’s Championship 2022” turnirida ishtirok etish uchun Dushanbega jo’nab ketdi. Jamoamiz musobaqadagi ishtirokini 21-oktyabr kuni Tojikistonga qarshi oʻyin bilan boshlaydi. Taqvim bilan tanishing:
Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan oʻrin olgan Ispaniya — Meksika bahsida oʻzbekistonlik hakamlar ishlaydi. Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida koʻmaklashadi. Mazkur oʻyin 15-oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.
Oʻzbekiston U-15 ayollar terma jamoasi bugundan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Jamoamizning Toshkentdagi mashgʻulotlari 19-oktyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan. Shundan keyin vakilalarimiz CAFA turnirida ishtirok etish uchun Tojikistonga joʻnab ketadilar. Vladimir Panov tomonidan ushbu yigʻinga jalb etilgan futbolchilarning roʻyxati bilan tanishing.