2024-yilgi U-20 ayollar Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi “Chig‘atoy” sport bazasida Oʻzbekiston U-15 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bahsda Ilhom Xanjariyev boshqaruvidagi jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Marokashga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvida ishtirok etdi. Midori Xonda boshqaruvidagi jamoamiz mazkur bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Marokashning ikkala goliga Gizlan Chebbak (24ʼ, 58ʼ) mualliflik qildi. Eslatib oʻtamiz, jamoamizning Marokashga qarshi keyingi uchrashuvi 7-fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Midori Honda boshqaruvidagi Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi fevral oyida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida Avstraliya terma jamoasiga qarshi ikkita uchrashuv oʻtkazadi. Oldinda turgan muhim bahslarga reja asosida tayyorgarlik koʻrish maqsadida vakillarimiz Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishishdi. 28-yanvardan boshlab yigʻinning ikkinchi qismi Marokashning Rabot shahrida davom ettiriladi. Jamoamiz Marokash ayollar terma jamoasiga
O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi 30-noyabr va 3-dekabr kunlari Koreya Respublikasi U-20 qizlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:5, 0:7 hisoblarida mag‘lub bo‘ldi.
Bugun, 25-noyabr kuni “Sevinch” va “OKMK-W” O‘zbekiston Kubogi finali uchrashuvida o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu bahsda Mehribon Egamberdiyeva, Lyudmila Karachik va Malika Burxanovaning gollari evaziga “Sevinch” yirik hisobda g‘alaba qozonib, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Sevinch” 15-bor Ayollar Oliy ligasi g‘olibi bo‘ldi va taqdirlash marosimida har ikki turnirning chempionlik kubogi topshirildi.