Mamlakatimiz mezbonlik qilgan “CAFA U-17 Chempionati 2025” musobaqasi yakunlandi.
Bugun, 31-may kuni, Sergey Chigodayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi final uchrashuvida Tojikistonga qarshi bahs olib bordi va 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Ushbu o‘yinda jamoamizning gollariga Laziz Abduraimov va Suхrob Sadirjanov (dubl) mualliflik qildi.
Shu tariqa, Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi, O‘zbekiston ikkinchi, Turkmaniston esa uchinchi o‘rinni egalladi.