Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri davom etmoqda.

Bugun, 28-may kuni Sergey Chigodayev boshqaruvidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib bordi va 4:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

Ushbu uchrashuvda jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (dubl), Suxrob Sadirjanov, Husanboy Atabekov mualliflik qildi.

Shu tariqa O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “A” guruhida 1-o‘rin egallab turnirning finaliga yo‘l oldi.

Vakillarimizning navbatdagi uchrashuvi 31-may kuni Tojikistonga qarshi turnir g‘olibligi uchun bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, “B” guruhidagi uchrashuvda Tojikiston 3:0 hisobida Afg‘onistonni mag‘lub etib, final ishtirokchisiga aylandi.