Bugun Toshkent shahrida CAFA nufuzli musobaqasida faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda OʻFA birinchi vitse-prezidenti, CAFA hakamlar qoʻmitasi raisi Ravshan Irmatov hamda CAFA bosh kotibi Ulug‘bek Karimov ishtirok etib, ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqaning mintaqamiz futboli uchun ahamiyati yuqoriligi, ko‘plab mamlakatlarga translyatsiya qilinishini sababli, hakamlarga o‘z darajasini namoyish etish imkoniyatini taqdim etishi haqida so‘z yuritdilar.
Seminar davomida hakamlar futboldagi yangi qoidalar aks etgan maxsus videolavhalar ustida ishladilar. Bir qator epizodlar tahlil qilindi. Shuningdek, instruktorlar tomonidan oʻyindagi vaziyatlar yuzasidan nazariy mashgʻulotlar tashkil etildi. “CAFA Nation’s Cup”da VAR tizimi qo‘llanilmasligi sababli hakamlarga har bir epizodga maksimal e‘tibor va mas‘uliyat bilan yondashish talab etildi.