Kongressda OFK Ijroiya qoʻmitasining vakolat muddati 2023-yildan 2027-yilgacha boʻlgan yangi tarkibi hamda FIFA kengashidagi tashkilot vakillari saylanadi.
Kongress kun tartibidan Tashkilot Bosh kotibi, qoʻmitalar va organlarning hisobotlari oʻrin olgan.
Shuningdek, OFK Kongressida 2027-yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qilish masalasi ham muhokama qilinadi va mezbon davlat ovoz berish orqali tasdiqlanadi.
Maʼlumot uchun, 🇺🇿 OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya qoʻmitasi Markaziy Osiyo mintaqasining yakuniy nomzodlar roʻyxatidan oʻrin olgan.
Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da start oladi. Uni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.