Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich va futbolchimiz Otabek Shukurov JCh-2026 3-saralash bosqichi 5-tur uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

Vlado Radmanovich:

— Birinchi navbatda aytib o‘tishim kerakki, Srechko Katanesning sog‘lig‘i bilan bog‘liq kichik muammo bo‘lganligi uchun shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra matbuot anjumanida ishtirok eta olmaydi. Shu bois barcha savollarga men javob berib o‘taman. Bu bosqichda har bir uchrashuv juda qiyin bo‘ladi. Ertaga bizni muhim o‘yin kutib turibdi. Har ikki jamoa uchun juda katta ahamiyatga ega uchrashuvga tayyormiz.

Qatar terma jamoasi haqida:

— Qatarning ushbu saralash bosqichidagi barcha o‘yinini ko‘rib chiqdik. Jamoa haqida yetarli ma’lumotga egamiz. Umuman olganda Qatar yaxshi terma jamoa. Ammo ertangi bahsga yuz foiz tayyormiz. Yil boshida ushbu jamoaga qarshi Osiyo kubogida ham to‘qnash kelgan edik.

Biz uch yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birgamiz. Mamlakat chempionatidagi futbolchilar va legionerlarni kuzatgan holda bugungi tarkibni shakllantirganmiz. Biz raqiblarga qarshi qanday holatda ekanimizni yaxshi bilamiz

Juda qiyin guruhdan o‘rin olganmiz. Har bir o‘yin biz uchun jiddiy ahamiyat kasb etadi. Eron, Qatar, BAA va KXDR kabi terma jamoalarning barchasi kuchli va Jahon chempionatida ishtirok etgan. Har bir kichik omil uchrashuv natijasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Otabek Shukurov:

— Ertangi o‘yinga tayyormiz, muhimi asosiy tarkib futbolchilarining barchasi shu yerda.

Osiyo kubogidagi uchrashuv haqida

— Osiyo kubogi boshqa turnir, undagi natijaning qadri ham o‘zgacha edi. O‘shanda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik, uni lotoreyaga qiyoslash mumkin. Ertangi bahsda esa Jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilamiz.