Joriy yilning 5-dekabr kuni AQSh poytaxti Vashingtonda joylashgan “The Kennedy Center” majmuasida 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start oladi.
Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun O’FA rahbariyati, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, murabbiylar shtabi hamda FIFA tomonidan maxsus taklif etilgan o’zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov AQSH davlatiga yo‘l oldi.