Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga 2021-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasidan ayrim futbol klublari tomonidan 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov to‘lanmagani, ushbu masalani O’FAning tegishli qo‘mitasida ko‘rib chiqilishi bo‘yicha murojaat xati kelib tushgan edi.

Mazkur masala Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning 2021-yil 5-fevral kunidagi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Qo‘mita yig‘ilishida taqdim etilgan xujjatlar asosida O‘zbekiston professional futbol klublari uchun “2020 yilgi Musobaqalarni o‘tkazish reglamenti”ning 6.27-bandiga muvofiq, legioner futbolchi xizmatidan foydalanayotgan klub yilda bir marta legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov amalga oshirishi belgilangani, mazkur reglamentning 6.28-bandida legioner futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov amalga oshirilmagunicha, legioner futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi qayd qilingani, og‘ir kelgan 2020-yilgi mavsumda ayrim futbol klublariga istisno tariqasida to‘lovlarni kechiktirib to‘lash uchun O‘zPFL tomonidan ruxsat berilgani, o‘tgan davr mobaynida oltita futbol klublariga legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha bir necha marotaba yozma va og‘zaki ogoxlantirish berilganiga qaramasdan, ushbu to‘lovlar to‘liq to‘lanmasdan kelinayotgani aniqlandi.

Qo‘mita a’zolari o‘zaro muhokamalardan so‘ng 2019-2020 yilgi mavsumlarda legioner futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lovni amalga oshirmagani uchun “Buxoro”, “Nasaf”, “So‘g‘diyona”, “Bunyodkor”, “Surxon”, “Qo‘qon-1912”, “Oqtepa” futbol klublariga 2021-yilgi mavsum uchun legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yish bo’yicha yakuniya qaror qabul qilindi.

Bunda futbol klubi tomonidan legioner futbolchi hamda xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha vujudga kelgan qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgan taqdirda 2021-yilgi mavsumda legionerlarni ro‘yxatdan o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq olib tashlanishi belgilab qo’yildi.

Shuningdek, “Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament” qoidalaridan kelib chiqib, legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5-fevral sanasigacha 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkaziladi, biroq qarzdorlik bartaraf etilmaguncha, mazkur futbolchi yoki xorijlik mutaxassisning musobaqada ishtirok etishi uchun litsenziya taqdim etilmaydi.

Bunda legioner futbolchi yoki xorijlik mutaxassis bilan 5-fevral sanasigacha bo‘lgan 1 oy muddat ichida imzolangan mehnat shartnomalari borasida har qanday noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish jiddiy sanktsiyalarga olib kelishi muqarrarligi to‘g‘risida futbol klublari rasman ogohlantirildi.