Free ebooks Library zlibrary project

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov, OʻFA vitse-prezidenti Odil Ahmedov, terma jamoalar boʻlimi rahbari Usmon Toshev, OʻFA terma jamoalar markazi texnik direktori Gi Kiala hamda FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan birgalikda Belgiya futboli tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Belgiya Yevropada yetuk futbol mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Tanishuv jarayonida mazkur mamlakat futbol assotsiatsiyasida ishning tashkil etilishi, infratuzilma, terma jamoalar markazi, futbol maydonlari, tibbiy markaz, futbolchilarning yashashi va ovqatlanish tartibi, murabbiylar taʼlimi hamda faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy yoʻnalishdagi ishlar muhokama etildi.

Belgiya futbol assotsiatsiyasi rahbariyati bilan yaqindan hamkorlik qilish istiqbollari hamda kelajakda ikki mamlakat terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvlari tashkil etish borasida kelishib olindi.