Avval xabar berganimizdek, O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Toshkent va Minsk shaharlarida navbatdagi o’quv-mashg’ulot yig’inini o’tkazadi.
Osiyo kubogi-2022 saralash bahslariga tayyorgarlik ko’rayotgan mazkur terma jamoamiz “Chig’atoy” stadionida mashg’ulotlarni boshladi.
Yig’inga chaqiruv olgan Lianna Narbekova jarohat olganligi sababli murabbiylar shtabi “Lokomotiv-W” klubi a’zosi Dildora Ergashovani tarkibga jalb etdi.
Ayollar milliy terma jamoamiz 10-iyun kuni Toshkentdagi yig’inni tamomlab, Minsk shahriga yo’l oladi. Belarus safari davomida Bahrom Norsafarov shogirdlari Eron va Belarus vakilalariga qarshi maydonga tushadi.
Xalqaro o’rtoqlik uchrashuvlari, Minsk
11-iyun | 20:00
O’zbekiston – Eron
14-iyun | 21:00
Belarus – O’zbekiston