Kecha O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Festival Women’s Trophy 2021” xalqaro turnirining ochilish uchrashuvida maydonga tushdi.
Antalya shahridagi “Emir Hotels” sport majmuasida o’tgan mazkur bahsda vakillarimiz Afrika qit’asining ikki karra chempionlari Ekvator Gvineyasiga qarshi kurash olib bordi.
O’yinni to’liq ustunlik bilan o’tkazgan ayollar terma jamoamiz yakunda 5-0 hisobi bilan g’alabaga erishdi. Gollarga Nilufar Qudratova, Maftuna Shoyimova, Diyora Xabibullayeva hamda Lianna Narbekova mualliflik qildi.
Bahrom Norsafarov shogirdlari bugun kunning ikkinchi yarmida navbatdagi uchrashuv uchun tayyorgarlik jarayonini boshlaydi. 20-fevral kungi 2-tur bahsida terma jamoamizga Jahon chempionatlarining muntazam ishtirokchisi, Afrika birinchiligining 11 karra g’olibi Nigeriya ayollar terma jamoasi raqiblik qiladi.
“Festival Women’s Trophy 2021” | 1-tur
“Emir Hotels” sport majmuasi, Antalya
O’zbekiston 5-0 Ekvator Gvineyasi
Gollar: Nilufar Qudratova (dubl), Maftuna Shoyimova, Diyora Xabibullayeva, Lianna Narbekova